Uzum Avto B2C Marketing bo‘yicha katta menejer

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 8 ko'rish 📅 22.06.2026

📋 Tavsif

Uzum Avto — O‘zbekiston bozoridagi yangi klassifayd platforma bo‘lib, unda avtomobilni onlayn sotish, tanlash va xarid qilish mumkin. Biz Uzum ekotizimining bir qismimiz, shu sababli mijozlarimizga qulaylik bilan birga manfaatdorlik, shaffoflik va ishonchlilikni ham taqdim etamiz. Hozir biz yo‘nalishning tez o‘sishiga yordam beradigan kuchli mahsulot marketologini qidirmoqdamiz.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Platforma bilan ilk tanishuvdan avtomobil xarid qilishgacha bo‘lgan bosqichlarda foydalanuvchilarni jalb qilish va ushlab qolish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • GTM-strategiyalarni ishlab chiqish va asosiy bosqichlardagi konversiyalarni optimallashtirish;

  • Pozitsiyalash, mahsulotning qiymat taklifi va asosiy kommunikatsiya xabarlarini shakllantirish;

  • Foydalanuvchi voronkalarini tahlil qilish, o‘sish nuqtalarini aniqlash va ma’lumotlar asosida gipotezalar yaratish;

  • Asosiy metrikalarni (qo‘ng‘iroqlar, kredit arizalari, GMV) kuzatish va boshqarish;

  • Mahsulot jamoasi bilan birgalikda A/B testlarni ishga tushirish va tahlil qilish, gipotezalarning biznes natijalariga ta’sirini baholash;

  • Kross-funksional jamoalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va marketing kampaniyalari samaradorligini nazorat qilish;

  • Data-driven yondashuv madaniyatini rivojlantirish va jamoaga o‘z harakatlarining natijalarga ta’sirini ko‘rsatish.

Biz uchun muhim:

  • Product Marketing yoki Growth Marketing yo‘nalishida kamida 5 yillik tajriba;

  • Digital mahsulotlar yoki marketplace platformalari bilan ishlash tajribasi;

  • Mahsulot analitikasi va o‘sish voronkalarini tushunish;

  • Mahsulotlar yoki yirik funksiyalarni ishga tushirish tajribasi;

  • Mahsulotning foydalanuvchi uchun qiymatini aniq shakllantira olish.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Fintech, marketplace yoki classified mahsulotlar bilan ishlash tajribasi;

  • Kredit mahsulotlari bilan ishlash tajribasi;

  • Murakkab foydalanuvchi voronkalarini optimallashtirish tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi ish kunidan rasmiy ishga joylashish;

  • Raqobatbardosh maosh;

  • Keng o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash uchun ruxsatnomaga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • O‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi korporativ madaniyat;

  • Toshkentdagi qulay ofisda full time ish formati.

  • Yoqimli bonus — lokatsiyangizga bog‘langan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Avto Ish rejimi: Ofis Tajriba: 6 yildan boshlab