Kliring bo‘yicha mutaxassis – Uzum Bank

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 14 ko'rish 📅 22.06.2026

📋 Tavsif

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Ish haqi loyihalarini yuritish;

  • UZCARD, UnionPay va EXP protsessing markazlarining OBI fayllarini hamda HUMO tizimining B fayllarini qabul qilish va qayta ishlash;

  • Bankning tranzit hisobvaraqlari bo‘yicha kliring operatsiyalarini nazorat qilish;

  • Protsessing markazlarining tranzit hisobvaraqlari bo‘yicha kliring operatsiyalarini amalga oshirish;

  • To‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni yuritish;

  • Kliring operatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • Bank hamkorlari va mijozlari faoliyati uchun ochilgan POS/E-POS terminallarini ochish, hisobga olish va monitoring qilish;

  • To‘lov tizimlari va Markaziy bank uchun hisobotlar tayyorlash;

  • To‘lov tizimlaridan keladigan hisobotlarni qayta ishlash.

Biz uchun muhim:

  • Bank sohasida 2–3 yillik ish tajribasi;

  • Iqtisodiyot yoki moliya yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;

  • Fayllarni qayta ishlash jarayonlarini, E-POS sozlamalarini va to‘lov tizimlari bilan hisobvaraqlarni solishtirish jarayonlarini bilish;

  • Bank faoliyatiga oid amaldagi qonunchilikni tahlil qila olish;

  • Bank faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlarini tushunish;

  • Bank balansining tuzilishi, balans moddalari va O‘zbekiston tijorat banklari hisobvaraqlar rejasini bilish;

  • Microsoft Office dasturlari (Word, Excel)ni tajribali foydalanuvchi darajasida bilish;

  • Rus tilini bilish majburiy, o‘zbek tilini bilish ustunlik beradi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Birinchi ish kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Keng o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • O‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi korporativ madaniyat;

  • Yoqimli bonus — lokatsiyangizga bog‘langan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab