Lead CRM Manager – Uzum Bank

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 16 ko'rish 📅 22.06.2026

📋 Tavsif

Uzum — biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa xizmatlarni rivojlantirayotgan O‘zbekistondagi noyob raqamli ekotizimdir.

Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniya va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.

Hozirda Uzum Fintech millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.

Biz CRM yo‘nalishida kuchli lider qidirmoqdamiz. Ushbu mutaxassis kommunikatsiyalar tizimini strategiyadan va triggerlar arxitekturasidan boshlab, inkrementallik tahlili va LTV o‘sishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda rivojlantiradi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Bankning CRM/CVM strategiyasini rivojlantirish;

  • Mijozlar voronkasi va customer journey bosqichlarida o‘sish nuqtalarini aniqlash;

  • Lifecycle va event-based kommunikatsiyalarni ishlab chiqish va masshtablash;

  • Growth yondashuvi asosida gipotezalar yaratish, A/B testlar o‘tkazish, inkrementallikni baholash va biznes metrikalariga ta’sirini o‘lchash;

  • Segmentatsiya, personalizatsiya va behavioral scoring bilan ishlash;

  • Mahsulot, analitika, development va risk jamoalari bilan hamkorlik qilish;

  • CRM’ni faqat kommunikatsiya kanali sifatida emas, balki alohida mahsulot sifatida rivojlantirish.

Biz uchun muhim:

  • Aynan fintech yoki bank sektorida CRM/CVM bo‘yicha kuchli tajriba;

  • Bank mahsulotlarini tushunish: kreditlar, kartalar, tranzaksion faollik va retention;

  • LTV, ARPU, retention, conversion va revenue uplift kabi biznes metrikalariga ta’sir ko‘rsatish tajribasi;

  • Push-first va event-based CRM bilan ishlash tajribasi;

  • Data-driven yondashuv va kuchli analitik baza;

  • Yo‘nalishlarni mustaqil boshqarish va natijaga erishish qobiliyati.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • CRM/CVM tizimini noldan yaratish tajribasi;

  • Ekotizim mahsulotlarida ishlash tajribasi;

  • CRM va mahsulot kesishgan nuqtada ishlash tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor kuchli texnik jamoa;

  • Kuchli mahsulot madaniyati;

  • Qarorlarni tadqiqotlar va metrikalar asosida qabul qiladigan muhit;

  • Biznes rivojiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Keng o‘qish va professional rivojlanish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Masofaviy ish Tajriba: 6 yildan boshlab