Ambulator tartibda sudga oid psixiatriya ekspertizalarini o`tkazish uchun ekspert sud psixiatri

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 21.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali Bo'lim: Dispanser (Ambulator) bo`limi Vazifalar: Ambulator sharoitda sud-psixiatriya ekspertizalarini o‘tkazish. Sud tergov va surishtiruv organlarining ajrim yoki qarorlari asosida ekspert tekshiruvlarini amalga oshirish. Ekspertiza qilinayotgan shaxsni klinik tekshirish, zarur tibbiy hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish. Ilmiy asoslangan, xolis va qonuniy ekspert xulosasini tayyorlash. Zarur hollarda ekspert komissiyasi ishida ishtirok etish. Tibbiy sir va xizmat sirini saqlash. Malakasini muntazam oshirib borish hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish. Ish sharoitlari: dushanbadan-jumagacha 08 00 dan 15 12 gacha

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Psixiatriya mutaxassisligi bo`yicha tayyorgarlikdan o`tgan bo`lishi, amaldagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lishi va sud-psixiatriya ekspertizasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlik yoki malaka oshirishdan o‘tgan bo‘lishi. O‘zbekiston Respublikasining sud ekspertizasi, sog‘liqni saqlash va protsesual qonunchiligini bilishi shart. Tibbiy hujjatlar bilan ishlash va ekspert xulosalarini qonuniy talablarga muvofiq rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart.

📎 Manba