terapevt shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: qabul bo`limi
Vazifalar:
Bemorlarni qabul qilish, shikoyatlari va kasallik tarixini o‘rganish.
Bemorni obyektiv ko‘rikdan o‘tkazish va dastlabki tashxis qo‘yish.
Zarur laboratoriya va instrumental tekshiruvlarni belgilash.
Tekshiruv natijalarini tahlil qilish va differensial tashxis o‘tkazish.
Bemorning klinik holatiga muvofiq davolash rejasini tuzish va davolashni nazorat qilish.
Dori vositalarini belgilangan tartibda tayinlash va ularning samaradorligi hamda nojo‘ya ta’sirlarini kuzatish.
Bemorlarni profilaktik va dispanser kuzatuviga olish.
Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning holatini muntazam nazorat qilish.
Zarur hollarda bemorni tor mutaxassislar konsultatsiyasiga yoki statsionar davolanishga yuborish.
Shoshilinch va hayot uchun xavfli holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Bemorning mehnatga layoqati masalalarini amaldagi tartib asosida baholash va tegishli tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish.
Tibbiy karta, ambulator yozuvlar, retseptlar va boshqa tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish.
Bemor va uning yaqinlariga kasallik, davolash, parhez va profilaktika bo‘yicha tushuntirish berish.
Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish.
Tibbiy sir va bemorning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash.
Sanitariya-epidemiologik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya qilish.
O‘z malakasini muntazam oshirish, yangi diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirish.
Tibbiy yordam sifati va bemor xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ichki tartiblarga rioya qilish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy.
+998712248933
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumot — davolash ishi yoki tegishli tibbiy ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bo‘lish.
Terapiya bo‘yicha ixtisoslashuv — terapiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik tayyorgarlik, ordinatura yoki belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tgan bo‘lish.
Ichki kasalliklar bo‘yicha bilim — yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish va boshqa tizimlar kasalliklarining diagnostiasi va davolashini bilish.
Klinik ko‘nikmalar — bemorni ko‘rikdan o‘tkazish, anamnez yig‘ish, dastlabki tashxis qo‘yish va differensial diagnostika olib borish.
Tekshiruvlarni talqin qilish — qon va siydik tahlillari, EKG, rentgen, UTT hamda boshqa diagnostik tekshiruvlar natijalarini baholay olish.
Davolashni belgilash — klinik protokollar asosida dori-darmon va boshqa davolash usullarini tanlash.
Shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish va bemorlarni dispanser kuzatuviga olish tartibini bilish.
Amaldagi tartibda talab qilinadigan malaka oshirish, attestatsiya va mutaxassislik bo‘yicha sertifikatlash talablariga rioya qilish.
Tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena hamda tibbiy sirni saqlash qoidalariga rioya qilish