Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi Huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisi (bosh mutaxassis)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi
Bo'lim: Sergeli tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Vazifalar:
– aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish hamda uni huquqni qo‘llash amaliyotida qo‘llay olish; – o‘ziga yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashish va doimiy ravishda malakasini oshirish; – ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, masʼuliyatli boʻlish.
Ish sharoitlari:
5 kunlik ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha
✅ Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Kamida mutaxassislik bo‘yicha 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda nozmod huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishlagan bo‘lsa, 1 yillik mehnat tajribasi talab etiladi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Tajriba: kamida 3 yil