immunolog shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Olmazor tumani 16-oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Умумий амалиёт шифокорлари
Vazifalar:
1. Immunolog shifokori o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
-Profilaktik emlashlar jadvalini hisobga olgan holda, profilaktik emlashlarning yillik rejasini tuzish.
-Vaksinalarga bo‘lgan yillik, chorak va har oylik talabni aniqlash.
-Biriktirilgan hududdagi bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq hisobga olinishini doimiy nazorat qilish.
-Qilinayotgan emlashlarning sifati, qamrovning to‘liqligi va o‘z vaqtida o‘tkazilishining nazorat qilish.
-Profilaktik emlashlar rejalashtirilishini ishonchliligi va rejaning bajarilishini nazorat qilish.
-Emlashlarga tibbiy qarshiliklar bo‘lgan bolalarni, tanlab ko‘rikdan o‘tkazish.
-Asoslangan tibbiy qarshiliklar berganlik uchun shaxsan javobgarlikni olish.
-Emlashlarga uzoq muddatli tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni immunologik komissiyasiga taqdim etish, ularni vaksinasiyalash masalasini hal etish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun statsionarlarga yo‘naltirish.
-Umuimiy amaliyot shifokori taqdimotiga ko‘ra og‘ir anamnezli bolalarga vaksinasiyalar o‘tkazish yuzasidan yozma tavsiyalar beradi va 112/u shaklda (laboratoriya tekshirishlari, mutaxassis maslahati, emlashlarning yakka tartibda jadvalni tuzish va boshqalar) qayd qiladi.
-Emlashdan so‘ngi odatdan tashqari ko‘rinishlar kuzatilayotgan bolalarni nazoratga oladi.
-Umumiy amaliyot shifokori bilan birga vaksinasiyadan so‘ng asoratlar kuzatilgan barcha holatlar yuzasidan tahlil o‘tkaziladi.
-Uyushgan va uyushmagan bolalar orasida emlashlar holatining tahlilini o‘tkazadi va ularni yaxshilash bo‘yicha choralarni belgilaydi.
-Emlash xonasi hamshirasi va immunnobiologik dorilar uchun javobgar xodimlar ishini nazorat qiladi.
-Emlash xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tibbiy xodimlar bilan birlamchi ko‘rsatmalarni o‘tkazadi.
-Aholi o‘rtasida immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan sanitariya-tushuntirish ishlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
4. Poliklinika ichki tartib qoidalariga toliq rioya qilish;
5. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
Oliy ma'lumotga ega, Pediatriya, Bolalik davri immunoprofilaktika mutaxasisslik bo'yicha mutaxassis