shifokor-terapevt

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 3 700 911 so'm 👁️ 4 ko'rish 📅 24.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Терапия булими Vazifalar: - Voyaga yetgan bemorlarni qabul qilish, ularning sog‘lig‘i holatini baholash, shikoyat va anamnez asosida tashxis qo‘yish. - Ichki kasalliklarning klinik belgilarini aniqlash, laborator va instrumental tekshiruvlarga yo‘llash va ularning natijalari asosida davolash rejasini tuzish. - Zarur hollarda bemorni tor doiradagi mutaxassislar (kardiolog, endokrinolog, gastroenterolog va boshqalar)ga yuborish. - Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam kuzatib borish va profilaktik tavsiyalar berish. - Shoshilinch holatlarda (yurak xuruji, insult, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va boshqalar) tez tibbiy yordam ko‘rsatish yoki reanimatsion choralarni amalga oshirish. - Bemorning sog‘lig‘i bo‘yicha hujjatlarni yuritish (ambulator karta, shifoxonaga yo‘llanma, kasallik varaqasi va h.k.). - Mehnatga layoqatlilikni baholash va tegishli rasmiy hujjatlarni to‘ldirish (kasallik varaqasi, ma’lumotnoma). - Sog‘liqni saqlash tizimidagi me’yoriy hujjatlar, sanitariya-gigiyena qoidalari va klinik protokollarga amal qilish. - Mehnat intizomi, tibbiy etikaga va maxfiylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish. Ish sharoitlari: navbatchilik (6 soat) Manzil / aloqa: Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган 71.296-14-22

✅ Talablar

- Tibbiyot Oliy o‘quv yurtining “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. - “Ichki kasalliklar” (terapevtik yo‘nalish) bo‘yicha klinik ordinatura yoki magistratura tugatgan bo‘lishi. - Mutaxassislik bo‘yicha davlat attestatsiyasidan o‘tgan va amaliyot olib borish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishi. - Ichki a’zolar kasalliklari (nafas olish, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, buyrak, jigar, qon va endokrin tizim) bo‘yicha klinik bilimlarga ega bo‘lishi. - Laborator va instrumental diagnostika usullarini bilish va ularni amaliyotda qo‘llay olish. - Davolash-reabilitatsiya uslublarini, dori vositalarining farmakodinamikasi va farmakokinetikasini chuqur bilish. - Shoshilinch tibbiy holatlarni aniqlash va ularga tezkor yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish. - Tibbiy etikaga, deontologiya tamoyillariga rioya qilish va bemor bilan muloyim muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. - Kompyuter savodxonligi, tibbiy axborot tizimlarida ishlay olish ko‘nikmasi. - O‘z malakasini muntazam oshirib borish, yangi klinik protokollarni o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba