Bosh yuriskonsulti
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi
Bo'lim: Yuridik sho‘ba
Vazifalar:
Xizmat vazifalarini vijdonan bajarish; Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonun doirasidagi topshiriqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish; Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish; Mehnat jamoasining a’zolari, ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish va odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Belgilangan lavozim yo‘riqnomasi asosida majburiyatlarni bajarish.
Ish sharoitlari:
• Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. • Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. • Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Навоий вилояти, Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй.
79-223-53-71
✅ Talablar
Huquq sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot.; Soliq hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining soliqqa oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlari boʻyicha yuqori bilim va koʻnikma; Sohadagi ish faoliyati 1 yildan kam boʻlmasligi; Davlat tili va chet tili (rus, ingliz tili)ni mukammal bilish; Kompyuter dasturlaridan yuqori darajada foydalana olish talab etiladi. Shuningdek: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan; jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qoʻllanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno); belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan; mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlari hamda 441-moddasi boʻyicha boʻshatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obroʻsini toʻkadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun boʻshatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
Tajriba: kamida 1 yil