Тиббий бригада дояси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yakkasaroy tumani 60-oilaviy poliklinika
Bo'lim: Умумий амалиёт бўлими
Vazifalar:
muassasa rahbari va oila shifokori, katta hamshira/feldsherga mehnatni tashkil etish, zarur dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar, tibbiyotga oid buyumlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘z vakolati doirasida aholiga ko‘rsatiladigan davolash-profilaktika yordamini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berish;
biriktirilgan xududda davolash-profilaktika va tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar (majlislar)da ishtirok etish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘z ustida uzluksiz ishlash, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslari va seminarlarda, shuningdek malaka oshirish kurslarida ishtirok etish takomillashtirish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Tibbiyot brigadasining doyasi (Keyinchalik -doya) - “oliy hamshiralik ishi”, «umumiy amaliyot hamshirasi», «feldsher», "tibbiyot hamshirasi”, «akusherka» kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki «tibbiyot brigadasi doyasi» dasturi bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisosligini muvaffakiyatli o‘tgan diplomli mutaxassisdir.
2. Doya ish faoliyatida biriktirilgan aholi orasidagi ayollar kontigentiga, jumladan, tug‘ish yoshidagi ayollar va qizlar, homiladorlar, yangi tuqkan ayollar tibbiy- sanitariya yordami ko‘rsatadi.
3. Doya oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining boshqa a’zolari hamda o‘zi mustaqil ravishda oilaviy shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi.