Шифокор анестезиолог-реаниматолог

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 27.09.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bo'lim: Нейрохирургия реанимация бўлими Vazifalar: • Neyroreanimasiya bo’limidagi og’ir toifadagi (bosh miya jarohatlari, insultlar, miya shishlari, neyroxirurgik amaliyotdan keyingi) bemorlarni intensiv parvarish qilish, reanimasiya tadbirlarini o’tkazish va hayotiy muhim funksiyalarini boshqarish. • Neyrovegetativ va gemodinamik ko’rsatkichlarni doimiy nazorat qilish, bosh miya ichki bosimi monitoringini olib borish va shunga asosan intensiv davo terapiyasini belgilash. • Markaziy venalarni kateterlash, intubasiya, traxeostomiya, o’pkaning sun’iy shamollatilishi (IVL) rejimlarini to’g’ri sozlash va bemorlarni IVLdan chiqarish jarayonini boshqarish. • Rejali va shoshilinch neyroxirurgik amaliyotlarda anesteziya turini to’g’ri tanlash va amaliyot davomida narkoz holatini nazorat qilish. • Davolovchi neyroxirurg, nevrolog va boshqa tor soha mutaxassislari bilan birgalikda konsiliumlarda qatnashish, bemorning davolash rejasini muvofiqlashtirish. Ish sharoitlari: ish grafigi Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй 781504600

✅ Talablar

• Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi" yoki "Pediatriya ishi" yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumot diplomi. • Postdiplom ta’lim: • "Anesteziologiya va reanimatologiya" mutaxassisligi bo’yicha kamida 2 yillik klinik ordinatura yoki magistratura diplomi. • Mutaxassislik bo’yicha amaliyotga ruxsat beruvchi amaldagi sertifikat. • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizomining 43 bandiga asosan, 2 bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo’yicha tungi navbatchilik qilish yoki ishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo’yicha ishlash.

📎 Manba