Шифокор
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: ультра товуш диагностика
Vazifalar:
• og’ir ahvolda kelgan bemorlarni zudlik bilan UTT ko’rigidan o’tkazish.
• Shoshilinch vaziyatlarda ichki qon ketishlar, plevral bo’shliqdagi suyuqlik va pnevmotoraksni aniqlash uchun maxsus tezkor protokollarni qo’llash.
• Qorin bo’shlig’i, kichik tos a’zolari, retroperitoneal soha, qon tomirlar (dopplerografiya), yurak (ExoKG - agar ko’nikma bo’lsa) va yumshoq to’qimalarni shoshilinch diagnostika qilish.
• UTT nazorati ostida o’tkaziladigan punksiyalar, drenajlash va boshqa jarrohlik muolajalarida ishtirok etish.
• Tekshiruv xulosalarini tibbiy standartlar asosida tezkor va aniq rasmiylashtirish, elektron tizimga kiritish.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
• "Ultratovush tashxisi" (UZI) yo’nalishi bo’yicha magistratura, klinik ordinatura yoki birlamchi ixtisoslashuv kursini tamomlaganlik.
• Shoshilinch UTT bo’limlarida kamida 1–3 yillik amaliy ish tajribasi (tajribali nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
• Tezkor va ekstremal vaziyatlarda, vaqt ziqligida to’g’ri tashxis qo’yish mahorati. Elektron tibbiy dasturlar bilan ishlay olish.
• Yuqori stressga chidamlilik, diqqatni jamlay olish va navbatchilik tizimida ishlashga tayyorlik