шифокор (врач) анестезиолог-реаниматолог
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: Болалар анестезиология, хирургик реанимация бўлими ва операцион блоки
Vazifalar:
• Jarrohlik blokida shoshilinch va og’ir jarrohlik amaliyotlariga kelgan bolalarni zudlik bilan baholash va yuqori xavf ostida anesteziyani xavfsiz o’tkazish.
• Jonlantirish bo’limida terminal holatdagi bolalarda mustaqil ravishda yurak-o’pka reanimasiyasini (SLR) o’tkazish.
• Bolalar amaliyotida markaziy va periferik venalarni (shu jumladan UTT/UZI nazorati ostida) kateterizasiya qilish, qiyin intubasiyalarni (trudnaya intubasiya) amalga oshirish.
• Zamonaviy SNV (IVL) apparatlarida bolalar uchun o’pkani sun’iy shamollatish rejimlarini to’g’ri sozlash va oziqlantirish (nutritiv qo’llab-quvvatlash) dasturlarini tuzish.
• Bemorlar ahvolini 24/7 tizimida monitoring qilish va murakkab holatlarda markazning boshqa mutaxassislari (jarrohlar, kombustiologlar, neyroxirurglar) bilan konsiliumlarda qatnashish.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
• Shoshilinch vaqt taqchilligi (ekstremal vaziyatlar) sharoitida sovuqqonlik bilan tez va to’g’ri qaror qabul qila olish.
• Shoshilinch holatdagi bemor bolalarning ota-onalari va yaqinlari bilan deontologiya va etika qoidalariga rioya qilgan holda to’g’ri muloqot o’rnatish.
• elektron tibbiy tizimlari (elektron tarix) bilan ishlay olish.
Tajriba: kamida 3 yil