Navbatchi akusher-ginekolog
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qumqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Туғруқхона бўлими
Vazifalar:
Tug‘ruqxona bo‘limida navbatchilik vaqtida homilador, tug‘uvchi va tug‘ruqdan keyingi ayollarga malakali akusherlik-ginekologik tibbiy yordam ko‘rsatish;
Bemorlarni qabul qilish, ko‘rikdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash taktikasini belgilash;
Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr kechishini kuzatish va nazorat qilish;
Tug‘ruq jarayonini amaldagi klinik protokollar va tibbiy standartlar asosida olib borish;
Ona va homila holatini muntazam nazorat qilish;
Shoshilinch akusherlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish;
Qon ketish, preeklampsiya, eklampsiya, homila distressi va boshqa asoratlarda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish;
Tibbiy ko‘rsatmalar asosida operativ akusherlik aralashuvlarini amalga oshirish yoki ularda ishtirok etish;
Zarur hollarda tegishli mutaxassislarni jalb qilish va bemorlarni boshqa bo‘limlarga o‘tkazishni tashkil etish;
Bemorlarning tibbiy hujjatlarini belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yuritish;
Navbatchilikni qabul qilish va topshirishda bemorlar holati haqida navbatchi shifokorga to‘liq ma’lumot berish;
Sanitariya-epidemiologik, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish;
Tibbiy etika va deontologiya talablariga, bemorlarning huquqlari hamda tibbiy sirni saqlash qoidalariga rioya qilish;
Tibbiy jihozlar, dori vositalari va tibbiy buyumlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Amaldagi qonunchilik, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari, klinik protokollar va tibbiyot birlashmasining ichki hujjatlari talablarini bajarish;
Bo‘lim mudiri va tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan o‘z vakolati doirasida berilgan qonuniy topshiriqlarni bajarish.
Ish sharoitlari:
Navbatchilik grafigi asosida
Manzil / aloqa:
Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani Yangishaxar maxallasi Ibn Sino qo`chasi 2-uy
916088886
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumot;
“Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tayyorgarlik/mutaxassislikka ega bo‘lish;
Shifokor-akusher-ginekolog sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi amaldagi malaka hujjatlariga ega bo‘lish;
Akusherlik va ginekologiya sohasidagi amaldagi klinik protokollar va standartlarni bilish;
Shoshilinch akusherlik yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
Tibbiy hujjatlarni yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
Kompyuter savodxonligi va axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
O‘zbek tilini bilish;
Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish.