Ovoz rejissyori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi
Bo'lim: "O'ZBEKISTON TARIXI". Жаҳон тарихи ва кинофильмлар муҳарририяти
Vazifalar:
Efir standartlari va texnik normativlarga rioya qilish: Telemahsulotning ovoz balandligi va chastota ko‘rsatkichlarini amaldagi davlat standartlari hamda xalqaro teleradiouzatish normativlariga (LUFS/LKFS o‘lchov birliklari bo‘yicha) qat’iy muvofiqlashtirish.
Jonli efir (Pryamoy efir) xavfsizligi: Jonli efir davomida ovoz uzatilishida kutilmagan texnik nosozliklar yuzaga kelganda, zaxira (dublyor) audio tizimlariga zudlik bilan va bexato o‘tishni ta’minlash.
Akustik tahlil va fon shovqinlarini filtrlash: Tasvirga olish maydonchalari (studiya va tashqi loqatsiyalar)dagi akustik holatni oldindan tahlil qilish, begona shovqinlar (aks-sado, shamol, texnika ovozlari)ni maxsus dasturlar yordamida professional darajada filtrlash va tozalash.
Audioarxiv xavfsizligi va uning hisobini yuritish: Ko‘rsatuvlarning master-audio (tayyor va toza ovoz) variantlarini hamda ishlatilgan barcha litsenziyalangan musiqiy fayllarni tizimli ravishda arxivlash va xavfsiz saqlanishini ta’minlash.
Mualliflik huquqlariga rioya etish (Musiqiy hisobot): Telemahsulotda foydalanilgan barcha musiqiy asarlar, fon tovushlari va qo‘shiqlarning mualliflik huquqi varaqasini (musiqiy raport) to‘liq va aniq rasmiylashtirib, tegishli bo‘limga taqdim etish.
Ovoz uskunalarining texnik holati va profilaktikasi: O‘ziga biriktirilgan murakkab ovoz yozish apparaturalari, pultlar va mikrofonlar tizimining texnik sozligini har kuni nazorat qilish.
Fonetika va sinxronizatsiya aniqligi: Montaj jarayonida personajlar yoki boshlovchilarning lab harakatlari (artikulyatsiyasi) bilan ovoz matnining o‘zaro 100% sinxron (ustma-ust tushishini) bo‘lishini ta’minlash, kadr orti ovozining tasvirdan uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Kinofilmlarni dublyaj jarayonida aktyorlar ovozlarini ovoz miksher pulti yordamida sifatli yozib olish vazifalarini bajara olish, yozib olingan ovozlarni sinxronlash va maxsus ovoz effektlarini qo'llay olish.
Ish sharoitlari:
9:00 18:00
✅ Talablar
Teleradioeshittirish, texnogen san’at (turlar bo‘yicha), musiqa yo‘nalishida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli mutaxassis uchun 2 yil, O‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassis uchun 4 yillik ish staji.
Tajriba: kamida 2 yil