onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: mamuriyat
Vazifalar:
Tuman davolash-profilaktika muassasalaridan: pediatriya va shoshilinch ginekologiya bo‘limlari, bolalar poliklinikasi, tug‘ruq uyi va oilaviy poliklinikalar faoliyatini, samarali ishlashini monitoringini o‘tkazadi va nazorat qilib boradi. Bolalar o‘rtasida boshqarib bo‘ladigan yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha emlash ishlarini nazoratini olib boradi, bolalar o‘rtasidagi kasallanish, o‘limlarni xisobotini olinishini nazorat qiladi. Davolash jarayonidagi tibbiyotdagi tasdiqlangan standartlar asosida davolash ishlarini olib borilishini nazorat qiladi.
Tibbiy xodimlarning malakasini oshirish uchun pediatrlar va akusher-ginekologlar reja asosida mutaxassislar bilan seminarlar o‘tkazilishini, malaka toifasiga attestatsiyalash ishlarini o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Tizimidagi muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan faol akusher-ginekolog va pediatrlarni mukofotlash uchun tavsiyalar beradi.
OvaBMQ bo‘yicha o‘rinbosari tumanr xokimligining Xalq ta’limi, Xududiy boshqarmalari, “Yoshlar ishlari” tashkiloti bilan xamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida olib boriladigan sog‘lomlashtirish ishlarni tashkillashda qatnashadi.
Ish sharoitlari:
Dushanbadan juma kunigacha. Ish vaqti soat 08-00 dan 17-00 gacha dam olish kuni shanba va yakshanba
Manzil / aloqa:
Qo'shtepa tumani Sohibkor MFY Sohibkor ko'chasi 57-uy
734225980
✅ Talablar
Oliy ma’lumotli. Oliy tibbiyot institutlarini tamomlagan hamda tashkilotchilik tajribasiga ega bo‘lgan, bakalaviriyat yo‘nalishini pediatriya yoki klinik ordinatura va magistraturani akusherlik va ginekalogiya yo‘nalishlarini tamomlagan mazkur sohalarda kamida 10 yil tajriba ega bo‘lgan mutaxassislar tayinlanadi. Faoliyati davomida Vazirlar Maxkamasining xamda viloyat xokimligining qarorlari, Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar Tibbiyot birlashmasining buyruqlari, qarorlari va yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi, O‘zbekiston Respublikasining Sog'liqni saqlash to'g'risidagi Qonunining 5-bob 41-moddasiga muvofiq mutaxassisligi bo'yicha uch (3) yildan ortiq shug'ullanmagan nomzodlar qayta tayyorlovdan o‘tgan bo‘lishi talab etiladi.
Tajriba: kamida 3 yil