Yangi avlod mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlar faoli

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Qibray tumani 💰 4 448 500 so'm 👁️ 7 ko'rish 📅 08.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qibray tuman hokimligi Bo'lim: Oila va xotin-qizlar bo'limi Vazifalar: Lavozim yo'riqnomasiga amal qilish Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari. Dam olish kunlari: shanba va yakshanba kunlari Manzil / aloqa: Қибрай тумани Қибрай шаҳарчаси Зебунисо кўчаси 1-уй 99878-150-08-11

✅ Talablar

Oliy ma’lumotli (istisno tariqasida sohadagi tajribasiga ko‘ra o‘rta-maxsus) ma’lumotiga egaligi; tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi; Oilali bo‘lishi; kompyuter va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi; Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi; Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba