Бўлим бошлиғи

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 5 590 960 so'm 👁️ 7 ko'rish 📅 08.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Bo'lim: Yuridik bo‘limi Vazifalar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Agentlikning amaldagi Nizomi, Bo‘lim Nizomi va ushbu Lavozim yo‘riqnomasiga asosida tashkil etish; Ish sharoitlari: 5 kunlik ish kuni: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma 09:00 dan 18:00 gacha. Shanba, Yakshanba dam olish kunlari. Manzil / aloqa: 100043, Toshkent sh., Chilonzor t., Bunyodkor shoh k., 7a-uy +99871 207-32-23, 1275, 1205

✅ Talablar

• Bo‘lim boshlig‘i oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlish talab etiladi, shundan davlat organ va tashkilotlarining yuridik xizmatida kamida 1 yil ishlagan bo‘lishi lozim. • Soha bo‘yicha ma’lumot, axborot, xat, hujjatlarni tahlil qilishi, normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlash tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, sudlarga da’vo kiritish hamda sud jarayonida ishtirok etgan bo‘lishi lozim. • Xorijiy tillarni (ingliz, rus) bilgan, Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan, Rivojlangan davlatlarning (TOP-1000) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan shaxslarga ustunlik beriladi. • Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Word, MS Excel, MS Power Point, dasturlarida mukammal ishlashi). • Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga amal qilib, Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. • Shaxsiy talablar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, sudlanmagan bo‘lishi, mehnatsevar, mas’uliyatli, fikrini to‘liq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlari, strategik tahlil va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga hamda rahbarlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 5 yil

📎 Manba