Backend Developer (PHP/Laravel)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 1 000 USD 👁️ 1 ko'rish 📅 09.10.2026

📋 Tavsif

Celion.io 🚀 Backend Developer (PHP/Laravel) — Middle / Middle Strong kerak Celion.io outsourcing kompaniyasi jamoasiga PHP/Laravel Backend Developer izlamoqda. Agar siz backend development sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, murakkab loyihalarda ishlash va professional rivojlanishni xohlasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz! 📌 Vazifalar: • PHP/Laravel asosida backend servislarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash; • Mikroservis arxitekturasini loyihalash va joriy etish; • RabbitMQ va message queue'lar bilan ishlash; • RESTful API'larni yaratish va qo‘llab-quvvatlash; • PHPUnit yoki Pest yordamida testlar yozish va qo‘llab-quvvatlash; • Ilovalar unumdorligini optimallashtirish va tizimlarni masshtablash; • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va SQL so‘rovlarini optimallashtirish; • AI vositalaridan foydalanish va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish. 🔎 Talablar: • PHP/Laravel bilan kamida 2 yil professional tajriba; • Laravel 8+ bilan yaxshi amaliy tajriba; • MVC, Service Providers va Middleware bilan ishlashni tushunish; • PostgreSQL yoki MySQL bilan ishlash tajribasi; • SQL so‘rovlarini optimallashtirish, indekslar va tranzaksiyalar bo‘yicha bilim; • Redis bilan ishlash tajribasi; • RabbitMQ bilan ishlash tajribasi; • RESTful API yaratish va integratsiya qilish tajribasi; • Docker / Docker Compose; • O‘zbek tili — erkin, Ingliz tili — B1 va undan yuqori darajada bilish; • AI vositalaridan ish jarayonida samarali foydalanish. ⭐ Qo‘shimcha ustunlik beradi: • Symfony yoki Yii bilan tajriba • GraphQL • OAuth / JWT • Memcached • JavaScript, Vue.js, TypeScript • DAX, M, Power BI Dashboards, Data Gateway va Cloud Reports bilan ishlash tajribasi 💰Takliflar: • Maosh: $1000 dan boshlab • Yakuniy maosh suhbat natijalariga ko‘ra kelishiladi • Real xalqaro loyihalar va zamonaviy backend texnologiyalari bilan ishlash • AI vositalaridan foydalanish va AI yo‘nalishidagi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash • Professional o‘sish — Middle Strong darajasiga chiqish va undan keyingi rivojlanish imkoniyati • Murakkab texnik vazifalar — microservices, RabbitMQ, Redis, REST API va boshqa zamonaviy texnologiyalar • Kuchli texnik muhit va tajribali developerlar bilan ishlash • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish. Ish grafigi: 5/2, full time, offline, 09:00–18:00 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Binokor ko‘chasi, 69 🧩 Saralash jarayoni: Suhbat davomida nomzodga bir nechta mantiqiy case'lar va oddiy matematik masalalar beriladi. 📩 Rezyumeni yuborish uchun: @hr_ufarmer

📎 Manba