"Nurliyo‘l" mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlar faoli
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Bektemir tuman hokimligi
Bo'lim: Mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlar faollari bo‘limi
Vazifalar:
Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi,
soha bo‘yicha muammolardan kelib chiqib, ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqa bilishi
Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 2-uy,
(71) 295-55-51
✅ Talablar
Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi;
Oilali bo‘lishi;
Kompyuter va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi;
Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi;
Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi;
Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi;
Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi;
Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi;
Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi;
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi;
Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
Tajriba: kamida 3 yil