Bolalar terapevt stomatologi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qoraqalpog'iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi
Bo'lim: Терапия
Vazifalar:
bolalar stomatologiyasi asoslarini; bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va tish kasalliklarining oldini olish, tashxislash va davolash usullarini; tish kariyesi va uning asoratlarini tashxislash hamda davolash usullarini; sut va doimiy tishlarning anatomik va fiziologik xususiyatlarini; bolalarda periodontal va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini aniqlash va davolash asoslarini;
stomatologik ko‘rik va diagnostika usullarini; stomatologik asbob-uskunalardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishni; bolalarda og‘riqsizlantirish usullarini va ularni qo‘llash qoidalarini; sanitariya-gigiyena va aseptika-antiseptika talablarini;
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini bilishi kerak.
Ish sharoitlari:
Dushanbadan jumagacha 09:00 dan 17:12 gacha
Manzil / aloqa:
Нукус шахри, А.Шамуратова кучаси 88-уй
+998612228849
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi; “Stomatologiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ta’limni tamomlagan bo‘lishi;
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritish huquqini beruvchi malaka hujjatlariga ega bo‘lishi. Tegishli mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; Ish stajiga ega bo‘lmagan nomzodlar ham amaldagi malaka talablari asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.