Moliyaviy hisobot yo‘nalishi bo‘yicha stajyor

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 16 ko'rish 📅 13.10.2026

📋 Tavsif

Uzum Bank moliyaviy hisobot yo‘nalishida stajyor izlamoqda

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Markaziy bank uchun regulyator hisobotlarini tayyorlash;
  • Moliyaviy ma’lumotlar, balans va buxgalteriya o‘tkazmalarini tahlil qilish;
  • Ma’lumotlar va moliyaviy ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini tekshirish;
  • Analitik ma’lumotnomalar va taqdimotlar tayyorlash;
  • Markaziy bank bilan hamkorlik qilish va uchrashuvlarda ishtirok etish.

Biz uchun nimalar muhim:

  • Iqtisodiyot, moliya yoki matematika yo‘nalishida tegishli ma’lumot;
  • Analitik ko‘nikmalar va Excel dasturini ishonchli darajada bilish;
  • E’tiborlilik va mas’uliyatlilik;
  • Rus va o‘zbek tillarini bilish.
  • Buxgalteriya hisobi asoslarini bilish ustunlik bo‘ladi;

Nima taklif qilamiz:

  • 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka;
  • Haftasiga 30 soatdan boshlab moslashuvchan ish jadvali;
  • Ofisdan ishlash formati;
  • Mentorlik va jamoa ko‘magi;
  • Haqiqiy bank jarayonlari bilan ishlash;
  • Professional o‘sish imkoniyati.


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: Tajribasiz Stajirovka (amaliyot)