Тиббий рўйхатдан ўтказувчи
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Shayxontohur tuman 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasi
Bo'lim: Bo'linma mavjud emas
Vazifalar:
bemorlarni qabulga yozadi va navbatni tartibga soladi;
shifokorlarning qabul jadvali haqida bemorlarga ma’lumot beradi;
bemorlarni tegishli shifokor yoki stomatologiya bo‘limiga yo‘naltiradi;
ambulator karta va boshqa tibbiy hujjatlarni qabul qiladi, rasmiylashtiradi va saqlaydi;
bemorlarning ma’lumotlarini tibbiy axborot tizimiga kiritadi;
takroriy va birlamchi murojaatlarni tegishli tartibda rasmiylashtiradi;
shifokor qabuliga kelgan bemorlar hisobini yuritadi;
bemorlarga poliklinikaning ish tartibi, qabul va xizmat ko‘rsatish tartibi haqida tushuntirish beradi;
telefon qo‘ng‘iroqlari va murojaatlarni qabul qiladi;
navbat va qabuldagi o‘zgarishlar haqida bemorlarni xabardor qiladi;
tibbiy hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi;
ichki mehnat tartibi, sanitariya-gigiyena, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qiladi;
o‘z vakolati doirasida bemorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va zarur hollarda mas’ul xodimga yo‘naltiradi;
poliklinika rahbariyati yoki bo‘lim mudiri topshiriqlarini o‘z vakolati doirasida bajaradi.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Shayxontohur tumani Ko'kcha Darvoza 305 A uy
71 242-81-43
✅ Talablar
o‘rta maxsus ma’lumot;
bemorlarni qabulga yozish va navbatni tashkil etish;
tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish va yuritish;
bemorning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish;
poliklinikaning ichki tartib-qoidalarini bilish;
kompyuter va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish;
stomatologiya bo‘limlari, shifokorlar jadvali va qabul tartibini bilish;
bemorlar bilan muomala qilish madaniyati;
sanitariya-gigiyena va mehnat muhofazasi talablariga rioya qilish.