Marketing bo‘yicha stajyor — Uzum Fintech

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 19 ko'rish 📅 16.10.2026

📋 Tavsif

Hamkorlikdagi promo va aksiyalarni ishga tushirish hamda reklama materiallarini tayyorlash jarayonida jamoaga yordam beradigan stajyor izlamoqdamiz.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

- Hamkorlar bilan qo‘shma promo va aksiyalarni ishga tushirishda yordam berish;
- POSM va boshqa reklama materiallarini ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish;
- Pudratchilar bilan ishni muvofiqlashtirish va ishlab chiqarish muddatlarini nazorat qilish;
- Ishga tushirishdan oldin materiallar namunalarini tekshirish;
- Tayyor materiallarni hamkorlarga yetkazish va ularni savdo nuqtalarida joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish.

Biz uchun nimalar muhim:

- Detallarga e’tiborli bo‘lish;
- Tashkiliy ko‘nikmalar va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifa bilan ishlay olish;
- Kuchli muloqot ko‘nikmalar — pudratchilar, hamkorlar va jamoa bilan ko‘p muloqot qilishingiz kerak bo‘ladi;
- Branding, marketing va reklama materiallari bilan ishlashga qiziqish.

Nima taklif qilamiz:

- 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka;
- Haftasiga kamida 30 soatlik bandlik bilan gibrid ish formati;
- Stajirovka davomida mentorlik va jamoa ko‘magi;
- Stajirovka natijalariga ko‘ra jamoa ichida rivojlanishni davom ettirish imkoniyati.


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: Tajribasiz Stajirovka (amaliyot)