Endokrinolog shifokori

Doimiy Ish
📍 Jizzax viloyati, Yangiobod tumani 💰 3 500 000 so'm 👁️ 16 ko'rish 📅 16.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika Vazifalar: Bemorlarni qabul qilish, ko‘rikdan o‘tkazish va tashxis qo‘yish. Endokrin kasalliklarni, jumladan qandli diabet va qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash va davolash. Zarur laborator va instrumental tekshiruvlarni tayinlash hamda natijalarini baholash. Bemorlar uchun individual davolash va kuzatuv rejasini tuzish. Davolash samaradorligini nazorat qilish va zarur hollarda davolashni tuzatish. Endokrin kasalliklarning asoratlarini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish. Shoshilinch endokrinologik holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish. Bemorlarni zarur hollarda boshqa mutaxassislarga yo‘naltirish. Ish sharoitlari: 8:00 dan 15:00 gacha Manzil / aloqa: Yangiobod tumani Do'stlik MFY Gulobod ko'chasi 1-uy 5421020

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumot, «Davolash ishi» yoki «Pediatriya» yo‘nalishi hamda «Endokrinologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) yoki belgilangan tartibda qayta tayyorlash. Mutaxassislik bo‘yicha amaldagi malaka sertifikatiga ega bo‘lish. Mutaxassisligi: Endokrinologiya. Bilishi lozim: Endokrin kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktikasi, zamonaviy klinik protokollar hamda tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari.

📎 Manba