Axborot xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha stajyor

Doimiy Ish
📍 Noma'lum 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 40 ko'rish 📅 17.10.2026

📋 Tavsif

Uzum Bank #amaliyot Uzum Bank axborot xavfsizligini monitoring qilish jamoasiga stajyor qidirmoqda. Nimalar qilish kerak bo‘ladi: • Axborot xavfsizligi hodisalarini monitoring qilish va shubhali faollikni tahlil qilish; • Axborot xavfsizligi hodisalarini aniqlash va ko‘rib chiqishda ishtirok etish: hodisalarni qayd etish, tavsiflash va keyingi tahlil hamda hal qilish uchun tegishli mutaxassislarga yetkazish; • Monitoring va himoya vositalarini kuzatib borish va sozlashda yordam berish Biz uchun muhim: • Axborot xavfsizligi va IT sohasidagi tegishli yo‘nalishlar bitiruvchisi bo‘lish; • Mutaxassislik fanlari bo‘yicha yaxshi akademik ko‘rsatkichlar; • Operatsion tizimlar turlari va kompyuter tarmoqlarining ishlash tamoyillari (OSI, TCP/IP) haqida bazaviy tushunchaga ega bo‘lish; • Loglash tamoyillari va axborot xavfsizligi vositalari (firewall, antivirus, SIEM va boshqalar) haqida bazaviy tushunchaga ega bo‘lish; • Rus va o‘zbek tillarini bilish; • Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish. Afzallik bo‘ladi: • Windows va Linux tizimlarini chuqur bilish • Loglash va monitoring tizimlarini (ELK, Wazuh va boshqalar) tushunish; • Tarmoqlarni qurish tamoyillarini chuqurroq tushunish; • Axborot xavfsizligi vositalari bilan amaliy ishlash tajribasi. Biz nimalarni taklif qilamiz: • 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka; • To‘liq bandlik — haftasiga 40 soat; • Smenali ish jadvali; • Ofisda ishlash; • Mentorlik va jamoa ko‘magi; • Junior mutaxassis darajasiga ko‘tarilish va stajirovka yakunlari bo‘yicha doimiy lavozimga o‘tish imkoniyati. Ariza topshirish

📎 Manba