Шифокор
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: ультра товуш диагностика
Vazifalar:
• standart bo‘yicha shoshilinch tartibda kelgan bemorlarni ultratovush tekshiruvidan (UZI) o‘tkazish.
• Ichki a’zolar, qorin bo‘shlig‘i, kishi a’zolari, retroperitoneal bo‘shliq, yurak (ExoKG) va tomirlarni (Doppler) yuqori aniqlikda tekshirish.
• Shoshilinch holatlarda (traumalar, o‘tkir qorin sindromi, ichki qon ketishlar va b.) tezkor va aniq diagnostika xulosalarini tayyorlash.
• Tibbiy hujjatlarni va UTT (UZI) bayonnomalarini belgilangan tartibda raqamli tizimda yuritish.
• Davolovchi va shoshilinch xizmat shifokorlari (xirurg, reanimatolog va b.) bilan doimiy muloqotda bo‘lish va tashxisni aniqlashtirish.
• UTT apparaturasi va uskunalarining texnik holatini nazorat qilish, ulardan to‘g‘ri foydalanish.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
“Davolash ishi” yoki “Pediatriya ishi” oliy ma'lumotli -"Tibbiy Radiologiya" mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yillik klinik ordinatura yoki magistratura diplomi.
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizomning 43-bandiga asosan, 2-bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo‘yicha tungi navbatchilik qilish yoki o’qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha ishlash.