Middle Python Backend dasturchisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 10 ko'rish 📅 20.10.2026

📋 Tavsif

Abozor #python #backend Middle Python Backend dasturchisi 🔥 Maosh: Tajribaga qarab kelishiladi Kompaniya: Abozor Ish turi: Ofisda (Toshkent), Toʻliq stavka, 5/2 Tajriba: 2-4 yil Loyiha haqida: Abozor — Toshkentdagi avtomoyka tarmogʻi (15+ lokatsiya), avtoservis va kelajakdagi EV zaryadlash loyihasi. Loyiha 50 000 dan ortiq mijoz bazasiga ega mustaqil Loyalty platformasini noldan qurish va rivojlantirishga qaratilgan. Asosiy vazifalar: • Loyalty servisini ishlab chiqish va rivojlantirish (mijozlar, cashback, promokodlar) • Mobil ilova va ichki tizimlar uchun REST API loyihalash va yozish • Ichki ERP tizimi (Java) hamda tashqi toʻlov provayderlari bilan integratsiya qilish • Bir nechta manbadan kelgan toʻlov maʼlumotlarini yagona bazaga yigʻuvchi pipeline qurish • Arxitektura qarorlarida faol ishtirok etish Talablar: • FastAPI yoki Django hamda PostgreSQL bilan ishonchli ishlash • Yaxshi SQL — murakkab soʻrovlarni yoza va oʻqiy olish • REST API loyihalash va integratsiya tajribasi • Git, Docker, CI/CD bilan tanishlik • Moliyaviy tranzaksiyalar, idempotentlik va audit boʻyicha eʼtiborli boʻlish • Kundalik ish uchun oʻzbek va rus tillari, texnik hujjatlar uchun ingliz tili Qoʻshimcha afzallik: • Mahalliy toʻlov tizimlari (Click, Payme, Uzum) bilan tajriba • Navbat tizimlari (Kafka, RabbitMQ) • BI vositalari uchun maʼlumot modellarini tuzish • Fintex yoki chakana savdo sohasidagi tajriba

📎 Manba