ҳамшира

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yangihayot tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 20 ko'rish 📅 23.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar 1- son tumanlararo perinatal markazi Bo'lim: Жаррохлик Vazifalar: Operatsiyaga tayyorgarlik: Operatsion xonani tozaligini va sterillikni ta'minlash. Zarur asbob-uskunalarni tayyorlash va ularning ishlash holatini tekshirish. Operatsiya uchun kerakli steril asboblarni joylashtirish. Jarrohga yordam berish: Operatsiya vaqtida jarrohga asboblarni berib turish (instrumental hamshira sifatida). Operatsion maydonni kuzatib borish, qon ketishini to‘xtatish yoki steril maydonni saqlashga yordam berish. Bemorni tayyorlash: Operatsiyadan oldin bemorni tayyorlash: holatini tekshirish, maydonni steril qilish. Bemorni operatsion stolga to‘g‘ri yotqizish. Operatsiyadan keyingi ishlar: Asboblarni sanash, yuvish, sterilizatsiya qilish. Operatsiyadan so‘ng bemorni kuzatish (zarur bo‘lsa). Hisobot va tibbiy hujjatlarni yuritish. Gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish: Infeksiyalarning oldini olish. Biologik xavfsizlikni ta’minlas Ish sharoitlari: ish jadvaliga asosan

✅ Talablar

Tibbiy ma’lumot: Hamshiralik ishi yoki jarrohlik hamshiraligi bo‘yicha maxsus o‘rta yoki oliy tibbiy ta’lim. Mutaxassislik bo‘yicha malaka: Jarrohlikda ishlash bo‘yicha maxsus kurslar yoki sertifikatlar mavjudligi afzal. Tajriba: Amaliy tajriba va tezda harakat qilish, stressga bardoshlilik. Shaxsiy fazilatlar: Diqqatlilik, mas’uliyatlilik, jamoada ishlay olish. Tez fikrlash va og‘ir sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. Texnik ko‘nikmalar: Tibbiy asbob-uskunalarni bilish va ulardan foydalanishni bilish.

📎 Manba