Мактаб шифокори
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Namangan shahar tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Мактаб
Vazifalar:
Lavozim yo’riqnomasida ko’rsatilgan majburiyatlarini va mexnat shartnomasida ko'rsatilgan majburiyatlarini bajarish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kuni: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 15:42 gacha (Tushlik vaqti soat 12:00dan 12:30gacha)
Manzil / aloqa:
Наманган шахар, Бобуршох кўчаси, 160б-уй
998692286084
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga (pediatr mutaxassisligiga) ega bo’lishi, (xorijiy tillarni bilish , IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi) kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, M S Office bo’yicha amaliy bilimlarga ega bo’lishi. O‘quvchilarning rejali tibbiy ko‘riklardan o‘tishini tashkil etadi va faol ishtirok etadi, sog‘liq guruhlarini aniqlaydi. Emlash va immunizatsiya: Kalendar asosida o‘quvchilarni yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi. Birinchi tibbiy yordam: Maktabda jarohat olgan yoki to‘satdan tobi yomonlashgan o‘quvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi va zarur hollarda tez tibbiy yordam chaqiradi yoki shifoxonaga kuzatadi. Sanitariya-gigiyena nazorati: Maktab binosi, oshxona, sinfxonalar, sport zali va boshqa xonalarning sanitariya holatini, yoritilish va harorat rejali shart-sharoitlarini nazorat qiladi. Ovqatlanish nazorati: Maktab oshxonasida tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va sanitariya qoidalariga mosligini kundalik tekshirib boradi. Targ‘ibot-tashviqot: O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Hisobot va hujjatlar: Tibbiy jurnallarni yuritadi, o‘quvchilarning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab boradi va tegishli idoralarga hisobot topshiradi.