shifokor-terapevt

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yashnobod tumani 💰 3 700 911 so'm 👁️ 14 ko'rish 📅 26.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Умумкасалхона Vazifalar: - Qabul bo‘limiga kelgan yoki tez yordam orqali keltirilgan bemorlarni kechiktirmasdan ko‘rikdan o‘tkazish. - Triaj (saralash) tizimi bo‘yicha bemorning ahvolini baholash va uni tegishli guruhga (qizil, sarg‘ish, yashil) ajratish. - Hayot uchun xavfli holatlarda darhol shoshilinch reanimatsion va tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish. - Anamnez yig‘ish, obyektiv ko‘rik o‘tkazish (arterial bosim, puls, saturatsiya, auskultatsiya va h.k.). - Dastlabki tashxisni qo‘yish va uni asoslash. - Zaruriy laborator-instrumental tekshiruvlarni (qon/siydik tahlili, EKG, UZI, Rentgen, KT va h.k.) belgilash va ularning natijalarini zudlik bilan tahlil qilish. - Zarurat tug‘ilganda profilaktik yoki tor mutaxassislarni (jarroh, nevropatolog, kardiolog, reanimatolog va h.k.) konsultatsiyaga chaqirish va birgalikda konsilium o‘tkazish. - Bemor holatidan kelib chiqib, uni qaysi bo‘limga (kardiologiya, terapiya, reanimatsiya) gospitalizatsiya qilish (yotqizish) haqida qaror qabul qilish. - Qabul bo‘limi hisob hujjatlari va "Bemorning kasallik tarixi" (statsionar tibbiy kartasi)ning tegishli qismlarini bexato va o‘z vaqtida to‘ldirish. - Bemorga statsionar davolanishga ko‘rsatma bo‘lmasa (ambulator holatlarda), sababini tushuntirib, birinchi yordam ko‘rsatgandan so‘ng polyklinikaga tegishli tavsiyalar bilan yo‘naltirish. - Yuqumli yoki o'tkir kasalliklar aniqlanganda o‘z vaqtida tegishli xabarnomalarni (SanEpidXizmatga) yuborish. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган 71.296-14-22

✅ Talablar

-Oliy tibbiy ma’lumot ("Davolash ishi" yoki "Pediatriya ishi" yo‘nalishi bo‘yicha); - Terapiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinatura, magistratura yoki belgilangan tartibdagi qayta tayyorlash kursi (internatura) diplomiga ega bo‘lishi. - Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarga (kardiogen shok, o‘pka shishi, gipertonik kriz, koma va h.k.) birinchi va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini mukammal bilishi; - Terapevtik kasalliklar differensial diagnostikasi va zamonaviy davolash standartlarini bilishi; - EKG tahlili va asosiy instrumental/laborator laboratoriya natijalarini to‘g‘ri baholay olishi. - Stressga chidamlilik, tezkor va aniq qaror qabul qilish vaqtidagi mas’uliyat; - Bemorlar va ularning yaqinlari bilan muloqot qilishda deontologiya hamda etika qoidalariga rioya etish.

📎 Manba