тиббий бригада хамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 💰 2 453 666 so'm 👁️ 15 ko'rish 📅 26.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika Bo'lim: Отделения общеврачебной практики Vazifalar: Lavozim majburiyatlari Tibbiy brigada hamshirasining asosiy vazifasi — o'ziga biriktirilgan hudud (mahalla) aholisining salomatligini nazorat qilishdir: Xonadonbay xatlov: Hududdagi aholini xatlovdan o‘tkazish, aholini salomatlik guruhlariga (1-4 guruhlar) bo‘lishda shifokorga ko‘maklashish. Profilaktik ko'rik: Aholini (ayniqsa, surunkali kasalligi borlarni va keksalarini) rejali tibbiy ko‘riklarga va skrining tekshiruvlariga taklif qilish. Antropometriya: Bemorlarning bo‘yi, vazni, arterial qon bosimi va pulsini o‘lchash, tana vazni indeksini (TVI) hisoblash. Emlash (Vaksina): Emlash rejasiga muvofiq bolalar va kattalarni vaksina olishga jalb qilish hamda emlashdan keyingi holatni nazorat qilish. Sog'lom turmush tarzi: Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Muolajalar: Shifokor tayinlagan muolajalarni (ukol qilish, bog'lovlar, osma ukollar) bajarish. Ish sharoitlari: tasdiqlangan grafik asosida

✅ Talablar

Tibbiy brigada hamshirasining hududiy faoliyati Brigada hamshirasi faqat xonada o'tirmaydi, u quyidagi "mobil" vazifalarni ham bajaradi: Yotib qolgan bemorlar holidan xabar olish (patronaj). Homiladorlar va yangi tuqqan onalarni uyida nazorat qilish. Dori vositalariga muhtoj bo'lgan imtiyozli bemorlarga retseptlarni yetkazishda ko'maklashish. 4. Mas’uliyati Ma’lumotlar haqqoniyligi: Elektron bazaga kiritilgan ma'lumotlarning aniqligi uchun javobgar. Tibbiy sir: Bemorlar haqidagi ma'lumotlarning maxfiyligini saqlash. Etika: Aholi bilan muloqotda tibbiy deontologiya va etika qoidalariga qat'iy rioya qilish.

📎 Manba