Шифокор педиатр
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: 1-шошилинч педиатрия
Vazifalar:
• Tezkor tashxis: Og’ir va kritik holatdagi bolalarni zudlik bilan triaj (saralash) tizimi bo’yicha ko’rikdan o’tkazish va birlamchi tashxis qo’yish.
• Shoshilinch reanimasiya: Bolalar hayotiga xavf soluvchi holatlarda (shok, koma, nafas va yurak to’xtashi, anafilaksiya, zaharlanish) zudlik bilan reanimasion va shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish.
• Tezkor muolajalar: Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash (intubasiya), sun’iy nafas berish, vena ichiga va suyak ichiga zudlik bilan dori yuborish tizimlarini qo’llash.
• Diagnostikani tashkillash: Shoshilinch laborator (qon gazlari, elektrolitlar) va instrumental (rentgen, KT, EKG, UTT) tekshiruvlarni tezkor tashkil etish va natijalarni baholash.
• Konsilium va gospitalizasiya: Og’ir bemorlarni ixtisoslashtirilgan bo’limlarga yoki jonlantirish (reanimasiya) bo’limiga yotqizish masalasini hal qilish, zarur hollarda tor soha mutaxassislarini chaqirish.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi" yoki "Pediatriya ishi" yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumot diplomi.
• Postdiplom ta’lim:
o mutaxassisligi bo’yicha kamida 2 yillik klinik ordinatura yoki magistratura diplomi.
o Mutaxassislik bo’yicha amaliyotga ruxsat beruvchi amaldagi sertifikat.
o O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizomining 43 bandiga asosan, 2 bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo’yicha tungi navbatchilik qilish yoki ishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo’yicha ishlash.