Умумий амалиёт шифокори (врачи)

Doimiy Ish
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 29 ko'rish 📅 26.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: шокторангыл шанарак шыпакерлик пункти Vazifalar: OSHPga biriktirilgan aholiga amaldagi klinik protokollar va standartlar asosida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish. Bemorlarni qabul qilish, ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni aniqlash, tashxis qo‘yish va tegishli davolash choralarini belgilash. Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda zaruratga ko‘ra bemorni yuqori bosqichdagi tibbiy muassasaga yo‘llash. Aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sanitariya-ma’rifiy ishlarini olib borish. Dispanser nazoratidagi bemorlarni muntazam kuzatib borish, ularning sog‘lig‘i holatini baholash va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. Bolalar, homilador ayollar, keksalar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega guruhlarga tibbiy kuzatuv va yordam ko‘rsatish. Ish sharoitlari: haftasiga 5 kunlik, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari, 36 soattan oshmagan holda, soat 09:00 dan 17:12 gacha Manzil / aloqa: Кегейли гузари №6 +998614121450

✅ Talablar

oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lish; “Davolash ishi”, “Pediatriya” yoki amaldagi malaka talablariga muvofiq boshqa tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha diplomga ega bo‘lish; umumiy amaliyot shifokori/oilaviy shifokor yo‘nalishi bo‘yicha tegishli malaka va tayyorgarlikka ega bo‘lish; amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq shifokorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lish; aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, bemorlarni qabul qilish, kasalliklarni profilaktika qilish, diagnostika va davolash bo‘yicha zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish; ambulator sharoitda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

📎 Manba