yetakchi mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Andijon shahri 💰 5 404 292 so'm 👁️ 9 ko'rish 📅 27.10.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi Bo'lim: Statsionar tibbiy xizmatlarni tashkil etish bo‘limi Vazifalar: Shifoxonalar va statsionar tipidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, jarayonlarni muvofiqlashtirish va me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash. Statsionar yordamni boshqarish: Hududdagi yoki muassasadagi statsionar tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish va ularning ishini o‘zaro muvofiqlashtirish. Bemorlarni o‘tkazish tizimi: Bemorlarni tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq bir statsionar muassasadan boshqasiga xavfsiz va qonuniy o‘tkazish tartibiga (masalan, telemeditsina konsiliumlari, hujjatlar almashinuvi) amal qilinishini nazorat qilish. Istiqbolli modellarni joriy etish: Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning yangi davlat modellari, ko‘p tarmoqli shifoxonalar tizimi va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini statsionar darajada joriy etishda qatnashish. Sifat nazorati: Shifoxonalarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmi, sifati va yakuniy natijadorligini amaldagi klinik bayonnomalar (protokollar) va standartlarga mosligini tekshirish. Statistika va hisobot: Statsionar o‘rinlar fondidan (koykalar) samarali foydalanilishini tahlil qilish, shifoxonadan chiqqan va vafot etgan bemorlar statistikasini yuritish hamda rahbariyatga muntazam hisobotlar tayyorlash. Byudjet nazorati: Statsionar tibbiy yordam uchun ajratilgan Davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini monitoring qilishda ishtirok etish. Hujjatlar bilan ishlash: Sohaga oid qonunlar, Prezident va Hukumat qarorlari, vazirlik buyruqlarining statsionarlarda o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash. Uslubiy yordam: Shifoxonalarning tibbiy xodimlari va rahbariyatiga davolash-profilaktika ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha uslubiy hamda konsultativ yordam ko‘rsatish Murojaatlarni o‘rganish: Aholidan statsionar tibbiy yordam sifati, shifoxonalarga joylashish (order tizimi) yoki shifokorlar faoliyati bo‘yicha tushgan ariza va shikoyatlarni qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish. KPI baholash: Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra shifoxonalar va ularning bo‘lim mudirlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) baholashda qatnashish. Malaka oshirish: Statsionar xodimlarining o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tishini hamda tibbiyotdagi yangi texnologiyalar va davolash usullarining amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish Yetakchi mutaxassis o‘z faoliyati davomida bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi va o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishdagi kamchiliklar hamda shifoxonalarda tibbiy standartlar buzilishi holatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba Manzil / aloqa: Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй 998742284284

✅ Talablar

Tibbiyot yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi); Tibbiyot sohasida yetarli tajribaga ega bo'lishi, Tibbiyot sohasida umumiy mehnat staji 3 yildan kam bo'lmasligi, davlat tilini mukammal bilishi (horijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi); axborot komunikatsion texnologiyalardan foydalanishi va axborot xavfsizligi qoidalarini bilishi (Internet, Microsoft Word, Excel, Power Point, dasturiy ta'minotlar); sog'liqni saqlash yo'nalishlaridagi islohotlar borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini anglashi; Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun takliflar ishlab chiqish; Tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (takliflari, arizalari, shikoyatlari)ni ko'rib chiqish hamda ishlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishi; davlat xizmatchisi sifatida odob-axloq va etika qoidalari talablarini bilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba