Oilaviy shifokor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika
Vazifalar:
Bemorlarni qabul qilish va ularning shikoyatlarini o‘rganish.
Tashxis qo‘yish va zarur laborator-instrumental tekshiruvlarni belgilash.
Davolashni tayinlash va bemorning holatini kuzatib borish.
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish va zarur bo‘lsa, bemorni shifoxonaga yuborish.
Profilaktik ko‘riklarni tashkil etish va kasalliklarning oldini olish.
Bolalar, homiladorlar, keksalar va surunkali kasalligi bor bemorlarni kuzatish.
Emlash tadbirlarida qatnashish va aholi salomatligini muhofaza qilish.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish.
Bemorlarning tibbiy sirini saqlash va tibbiy etika qoidalariga rioya qilish.
Tor mutaxassislar bilan hamkorlik qilish va zarur hollarda bemorlarni yo‘naltirish.
Sanitariya-ma’rifiy ishlarni olib borish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Amaldagi klinik protokollar va tibbiy standartlarga rioya qilish.
6-kurs talabalari uchun: ushbu majburiyatlar o‘quv va klinik amaliyot davomida rahbar shifokor nazorati ostida o‘rganiladi va bajariladi. Talaba mustaqil shifokor vakolatlarini faqat qonunchilikda belgilangan tegishli maqomga ega bo‘lgandagina amalga oshirishi mumkin.
Ish sharoitlari:
08:00 dan 16:00 gacha
Manzil / aloqa:
Yangiobod tumani Do'stlik MFY Gulobod ko'chasi 1-uy
5421020
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumot diplomi — “Davolash ishi” yoki amaldagi malaka talablariga mos boshqa tibbiy ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom,6 kurs talabalari.
Oilaviy tibbiyot bo‘yicha tayyorgarlik — amaldagi tartibda talab etilsa, tegishli mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash yoki kasbiy malaka hujjati.
Mutaxassislik sertifikati — lavozim uchun qonunchilikda talab etilgan hollarda.