Бош шифокор (врач) ўринбосари
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yangihayot tumani 65-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: МАЪМУРИЯТ
Vazifalar:
• Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini bevosita ma’sul bo‘ladi: 5.1.Shifoxonadagi davolash-diagnostik jarayoning uyushtiradi va sifatli yo‘lga qo‘yadi; 5.2.Tibbiyot kadrlarning faoliyatiga qarab joy-joyiga qo‘yish, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarning malakasi oshirilishini nazorat qiladi; 5.3.Tibbiyot apparaturalari va texnikasidan yordamchi davolash-diagnostik bo‘limlarida unumli foydalanilishini tashkillashtiradi; 6.Quyidagi ishlarga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi: 6.1.Kasalliklarning oldini olish, diagnostikasi, bemorlarning davolanishi borasida yangi profilaktik metodlarni amaliyotga tadbiq etadi va davolashning natijalarini oshirishga erishadi; 6.2.Shifoxonadagi yuqumli epidemiologik rejim bo‘yicha amaldagi ko‘rsatmalarning bajarilishi, shifoxona ichki infeksiyasining oldini olishini nazorat qiladi; 6.3.Axolining reproduktiv salomatligini mustaxkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jismoniy va ma’naviy barkamol yosh avlodni voyaga yetqazish borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini o‘tkazadi; 6.4.Axolining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashqivot ishlarini nazorat qilish; 7.
• Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini nazorat o‘rnatadi va uyushtiradi: 7.1.Shifoxonaning davolash-diagnostik tarkibidagi rahbarlarlik faoliyati uchun; 7.2.O‘z vaqtida va to‘liq diagnostik-davolash jarayoni sifati uchun; 7.3.Davolash kengashidagi va bosh shifokor qoshidagi tekshirish yakunlari so‘nggi muhokamasiga binoan bo‘lim ishlari xolatini rejali va to‘satdan tekshirish, xamda tahlil qilish uchun; 7.4.Shifoxona tarkibidagi bo‘limlarning sifat ko‘rsatkich faoliyatini tahlili uchun; 7.5.Tibbiy hujjatlarni yuritish va saqlashni muntazam tekshirish uchun; 7.6.Bemorlarga berilayotgan mehnatga layoqatsizlik varaqalarining to‘g‘riligi uchun; 7.7.Davolash kengashi, dori-darmonlarni taqsimlash va foydalanish ustidan nazorat qiluvchi amaldagi doimiy komissiya ish uchun; 7.8.Axolining tibbiy savodxonligini va oila tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashqivot ishlari uchun; 8.
• Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini quyidagi ishlarni bajaradi: 8.1.Barcha tarkibiy bo‘limlarini ishlarining yillik rejasini tuzish, shuningdek uning bajarilishi ustidan izchil nazorat qilish; 8.2.Statistik hisobotini to‘g‘ri tuzish va tegishli muassasalarga belgilangan muddatda hisobotni topshirishni nazorat qiladi;
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Yangihayot tumani Yangi Choshtepa MFY O'zar ko'chasi
998555030493
✅ Talablar
• 1.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini vazifasiga davolash va tashkilotchilik ishida tajribaga ega bo‘lgan malakali shifokor tayinlanadi.
• 2.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovinini bosh shifokor tomonidan shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan kelishilgan xolda tayinlanadi va ishdan bo‘shatadi.
• 3.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini bosh shifokorga bevosita bo‘ysunadi.
• 4.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini barcha davolash-diagnostika bo‘limlariga, laboratoriyaga, tibbiy statistikaga, tibbiyot arxiviga, davolash-diagnostika jarayonining sifatiga va shifoxonaning tadqiqot bo‘yicha barcha ishlarining tashkiliy tomonlariga, bemorlarga xizmat qilish va davolashga javob beradi.
• Amaldagi doimiy faoliyat komissiyasi, tibbiy kengashi, hamshiralar kengashi ishiga bevosita rahbarlik qiladi va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.