Шифокор анестезиолог-реаниматолог
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: Катталар кабули булими реанимацион реанимацион блок
Vazifalar:
• Klinik anatomiya, topografik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, farmakologiya (ingalyasion va noingalyasion anestetiklar, miorelaksantlar, narkotik analgetiklar, inotroplar).
• Vrachlik amaliyotida uchraydigan shok holatlari (kardiogen, anafilaktik, septik, gipovolemik), komalar, ORDS (o’tkir respirator distress sindromi) va ko’p a’zolar yetishmovchiligi (PON) patogenezi va terapiyasi.
• Klinik EKG, KOS (kislota-ishqor muvozanati), elektrolitlar va koagulogramma ko’rsatkichlari tahlili.
• Narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan ishlash hamda saqlash bo’yicha qonunchilik me’yorlari.
• Gemotransfuziologiya (qon va komponentlarini quyish) va aseptika-antiseptika (nozokomial infeksiyalar profilaktikasi) talablari.• Anesteziya o’tkazish:
o Endotraxeal va laringeal maskali umumiy narkoz.
o Tomir ichi anesteziyasi va sedasiya.
o Regionar anesteziya (epidural, spinal va o’tkazuvchi anesteziya).
o Preanestetik ko’rik va ASA (Amerika anesteziologlar jamiyati) shkalasi bo’yicha xavf darajasini baholash.
• Shoshilinch va intensiv terapiya:
o Traxeya intubasiyasi (shu jumladan, "qiyin nafas yo’llari" protokoli bo’yicha).
o Markaziy tomirlarni (vena kava, jugularis, subclavia) va periferik tomirlarni kateterizasiya qilish.
o SO’V (sun’iy o’pka ventilyasiyasi) apparatlarida ishlash va rejimlarni (SIMV, CPAP, PSV) bemor holatiga moslash.
o Yurak-o’pka reanimasiyasi (BLS, ALS, defibrillyasiya, elektrokardiostimulyasiya).
o Plevral bo’shliqni va perikardni punksiya qilish, traxeostomiya.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
• Bakalavriat: Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi" yoki "Pediatriya ishi" yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumot diplomi.
• Postdiplom ta’lim:
o mutaxassisligi bo’yicha kamida 2 yillik klinik ordinatura yoki magistratura diplomi.
o Mutaxassislik bo’yicha amaliyotga ruxsat beruvchi amaldagi sertifikat.
o O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizomining 43 bandiga asosan, 2 bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo’yicha tungi navbatchilik qilish yoki o’qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo’yicha ishlash.