Direktor o'rinbosari

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Andijon shahri 💰 5 500 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 03.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi Bo'lim: Marxamat tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Vazifalar: Lavozim majburiyatlarini bajarish; Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish jadvali: 09:00 dan 18:00 gacha. Manzil / aloqa: Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги Андижон вилояти бошқармаси 742238505, 914751101, 994349808

✅ Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi); Ijtimoiy ish sohalarda, davlat boshqaruv organlari tizimida yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kamida 3 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan 1 yil Agentlik tizim tashkilotlari va boshqaruv lavozimlarida; – aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazariy yondashuvlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish; – vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish). - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba