farmasevt

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 💰 2 527 275 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 03.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Дорихона стационар Vazifalar: Xizmat majburiyatlari Farmatsevtning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Dori vositalari savdosi: Retseptli va retseptsiz dori vositalarini aholiga va davolash muassasalariga belgilangan tartibda berish (sotish). Farmatsevtik maslahat: Mijozlarga dorilarni qabul qilish tartibi, dozasi, boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri va saqlash muddati haqida to‘g‘ri ma’lumot berish. Sifat nazorati: Dorixonaga kelayotgan dori vositalarining sifatini, seriyasini va yaroqlilik muddatini tekshirish (kirish nazorati). Saqlash rejimiga rioya qilish: Dorilarni ularning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib (yorug‘likdan himoyalangan, salqin joyda, muzlatgichda va h.k.) saqlanishini ta’minlash. Hujjatlashtirish: Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning hisobini yuritish hamda retseptlar blankalarini saqlash. Sanitariya tartibi: Dorixona xonalari va jihozlarining tozaligini hamda sanitariya normalariga mosligini nazorat qilish. 3. Mas’uliyati Farmatsevt quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi: Mijozga dori berishda adashish (dozani yoki dorining o‘zini noto‘g‘ri berish). Yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini sotish. Retsept bilan berilishi shart bo‘lgan dori-darmonlarni retseptsiz sotish. Dori vositalarining saqlash qoidalarini buzish. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Yakkasaroy tumani Sho'ta Rustaveli ko'chasi 84-uy 998712532926

✅ Talablar

Sertifikat: Mutaxassislik bo‘yicha amal qiluvchi malaka sertifikatiga ega bo‘lish. Bilishi lozim: Dori vositalarining tarkibi, farmakologik xususiyatlari va saqlash sharoitlarini. Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlarni. Dori vositalarini tayyorlash texnologiyasini (agar dorixona ishlab chiqarish bo'limi bo'lsa). Sanitariya-gigiyena qoidalarini.

📎 Manba