Ҳудуд фарроши

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 07.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali Bo'lim: Административный хозяйственный часть Vazifalar: Tashkilotga biriktirilgan hududni har kuni supurish va tozalash. Hovli, yo‘laklar, kirish-chiqish joylari va boshqa belgilangan maydonlarni ozoda saqlash. Hududdagi maishiy chiqindilar, barglar, shox-shabba va boshqa chiqindilarni yig‘ish hamda belgilangan joyga olib chiqish. Kuz-qish mavsumida barg, qor va muzlarni tozalash. Yoz mavsumida yashil maydonlar, gulzorlar va daraxtlarni sug‘orish va parvarishlash. Belgilangan hududda sanitariya va obodonlashtirish holatini doimiy nazorat qilish. Hududda aniqlangan nosozliklar, xavfli joylar, chiqindi to‘planishi yoki boshqa kamchiliklar haqida rahbar yoki mas’ul xodimga o‘z vaqtida xabar berish. Zarur hollarda tashkilot hududidagi umumiy obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish. Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

O‘ziga biriktirilgan asbob-uskunalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularni ish tugagach belgilangan joyga topshirish. Ichki mehnat tartibi qoidalariga, ish jadvaliga va rahbariyatning qonuniy topshiriqlariga rioya qilish. Ish vaqtida mehnat intizomiga rioya qilish va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish.

📎 Manba