bo'lim boshlig'i o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
Bo'lim: iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo'limi
Vazifalar:
Lavozim yo'riqnomasi bo'yicha
Ish sharoitlari:
09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Termiz sh., At-Termiziy ko‘chasi, 2-uy
+998 76-223-50-20
✅ Talablar
Bakalavr darajasidan kam boʻlmagan oliy ma’lumot. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga afzallik beriladi.
Mehnat staji: Davlat fuqarolik xizmatida yoki soha bo‘yicha 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.
Til bilish darajasi: Davlat tilini bilishi, suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzallik beradi.
Kompyuter savodxonligi: Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi.
Qo‘shimcha talablar: Qo‘mita faoliyati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi. Ijro intizomi nazoratini tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini hamda ularning mazmuni va mohiyatini bilishi. Ish yuritish, nazorat hujjatlari va topshiriqlari bilan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash tajribasiga hamda huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi. Tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga ega bo‘lishi. Doimiy ravishda malakasini oshirganligi. Tashkilotchilik va xodimlarni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi. Strategik va tahliliy fikr yurita olish, qarorlarni tez qabul qila olish hamda ularni bajara olishi
Tajriba: kamida 2 yil