патронаш хамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko'p tarmoqli poliklinikasi
Bo'lim: Umumiy amaliyot bo'limi
Vazifalar:
Biriktirilgan hududdagi homilador ayollar, tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarga belgilangan tartibda patronaj xizmatini ko‘rsatish.
Aholining salomatlik holatini uy sharoitida kuzatish, xavf omillarini aniqlash va zarur hollarda oilaviy shifokorga xabar berish.
Homilador ayollarning holatini kuzatish, shifokor tavsiyalariga rioya etilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish.
Tug‘ruqdan keyingi davrda ona salomatligi va chaqaloq parvarishini kuzatish.
Onalarga chaqaloqni to‘g‘ri emizish, ovqatlantirish, parvarishlash va shaxsiy gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar berish.
Bolalarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatish, ovqatlanishi va parvarishiga oid maslahatlar berish.
Profilaktik ko‘riklar, emlashlar va skrining tekshiruvlariga kelish zarurligi haqida ota-onalarni xabardor qilish.
Yuqumli kasalliklar va boshqa xavfli holatlarning dastlabki belgilarini aniqlash hamda belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rish.
Zarurat tug‘ilganda bemorlarni tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga yo‘naltirish, shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam chaqirish.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish va ona-bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya-ma’rifiy ishlarni olib borish.
Patronaj tashriflari, kuzatuv natijalari va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli tibbiy hujjatlarga o‘z vaqtida kiritish.
Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish, bemorlarning shaxsiy ma’lumotlari va tibbiy sirini saqlash.
Muassasada belgilangan ichki mehnat tartibi, sanitariya-gigiyena va infeksion nazorat talablariga rioya qilish.
Rahbariyat tomonidan lavozim vakolati doirasida yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Бектемир туман тиббиёт бирлашмаси
+998717012646
✅ Talablar
Hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha tegishli o‘rta maxsus professional tibbiy ma’lumotga ega bo‘lish.
Hamshiralik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur diplom va qonunchilikda belgilangan malaka hujjatlariga ega bo‘lish.
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, bolalarni parvarishlash hamda patronaj tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Homilador ayollar, tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarni uy sharoitida kuzatish tartibini bilish.
Kasalliklarning dastlabki belgilarini aniqlash va xavfli holatlarda tibbiy yordamga yo‘naltirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Sanitariya-gigiyena, aseptika, antiseptika va infeksion nazorat qoidalarini bilish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish va belgilangan hisobotlarni tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Kompyuter va tegishli elektron tibbiy axborot tizimlaridan foydalanishni bilish.
Mas’uliyatli, xushmuomala, intizomli va aholi bilan samarali muloqot qila oladigan bo‘lish.