sho’bа boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Bo'lim: Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi va hisoboti shoʻ'basi
Vazifalar:
Lavozim yo‘riqnomasiga asosan.
Ish sharoitlari:
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. 09:00 dan 17:00 gacha. Dam olish kuni yakshanba
Manzil / aloqa:
Андижон шаҳар А.Юлдашев кўчаси 30-уй
998742288371
✅ Talablar
Iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va auditi, moliyaviy menejment yoki tegishli iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida kamida 3 yil mehnat stajiga hamda Moliya-iqtisodiyot yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
O‘zbekiston Respublikasining budjet, soliq, buxgalteriya hisobi, mehnatga haq to‘lash, davlat xaridlari va davlat mulkini boshqarish sohasidagi qonunchiligini bilishi;
budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, ish haqi fondi limitlari va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish hamda tahlil qilishni bilishi;
quyi tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini nazorat qilish hamda moliyaviy intizomni ta’minlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish, ish haqi hisob-kitoblari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
yo‘l qurilishi, ta’mirlash va saqlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘larning rejalashtirilishi, moliyalashtirilishi va maqsadli sarflanishini nazorat qilishni bilishi.
Sho‘ba faoliyatini tashkil etish, xodimlar ishini muvofiqlashtirish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, tahliliy fikrlash, mas’uliyatli qarorlar qabul qilish va ijro intizomini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda davlat fuqarolik xizmati faoliyatiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bilishi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga ega bo‘lmasligi, sudlanganlik holati va boshqa tegishli cheklovlar bo‘yicha qonunchilik talablariga javob berishi.
Tajriba: kamida 3 yil