Bosh vrach
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi
Bo'lim: Ma'muriyat
Vazifalar:
1. Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalarga muvofiq Bo‘lim boshlig‘i quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningde boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
- Bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlarining faoliyat yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
- o‘z vakolatlari doirasida boshqarma xodimlari va tuman (shahar) bo‘limlari uchun bbajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
- Belgilangan tartibda ishga qabul qilish va boshqarma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi va kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
- “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Бобур шох кучаси 26 уй
99874-223-42-93
✅ Talablar
1. Ma’lumoti va mutaxassisligi
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, mutaxassisligi sanitariya-gigiyena yoki epidemiologiya yo‘nalishiga muvofiq bo‘lishi.
2. Ish staji
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimida kamida 5-yillik ish stajga ega bo‘lishi.
3. Bilishi lozim
- O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiya va qonunchiligini
- Sanitariya-epidemiologiya soxasiga oid normativ-xuquqiy xujjatlarni.
- Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini
- Epidemiologik nazorat va profilaktika tadbirlarini tashkil etish tartibini.
- Mexnat qonunchiligini va mexnatni muxofaza qilish talablarini
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron xujjat aylanishi tizimlaridan foydalanishni.
4. Kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari
Jamoani samarali boshqarish va ishini tashkil etish.
Karor qabul kilish, vazifalarni taqsimlash va ijrosini nazorat qilish.
Kasbiy bilim va malakasini muntazam oshirib borish.
Yuksak ma’naviy-axlokiy fazilatlarga ega bo‘lish.
Tajriba: kamida 5 yil