“Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qamashi tumani hokimligi Bo'lim: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Vazifalar: Majburiyatlar: Mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi; respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi; ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi; amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi Ish sharoitlari: Ish tartibi: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Qashqadaryo viloyati Qamashi yumani Amir Temur kochasi 1-uy 5324563

✅ Talablar

Malaka talabi: Oliy maʼlumotga ega: (Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing, biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi afzallik beriladi); 2. Davlat tashkilotlari yoki iqtisodiyot sohalarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi; 3. Shaharning iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish tajribasiga, tarkibiy islohotlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; 4. Iqtisodiyotning real sektor yo‘nalishlarida yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 5. Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; 6. Mamlakatda amalga oshrilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglay olishi hamda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami bilan ish olib borishda yuqori darajadagi kasb mahoratiga va etikasiga ega bo‘lishi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba