Oilaviy shifokor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 9-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: умумий амалиёт бўлими
Vazifalar:
Oilaviy shifokorning xuquq lari kuyidagilardan iborat
muassasa raxbari va yukori turuvchi soglikni saklash boshkaruv va boshka manfaatdor idoralarga biriktirilgan axoliga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, faoliyati umumiy amaliyot shifokorining maqsad va vazifalariga tegishli bo‘lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga a’zo bulish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustaqil o‘qish sog‘likni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qiska muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yuli bilan takomillashtirish;
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta Sog‘likni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o‘tish;
boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish;
Oilaviy shifokor o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
Oilaviy shifokor aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Tibbiyot brigadasining oilaviy shifokori (Keyinchalik-oilaviy shifokor) - shifokor umumiy pediatr, umumiy amaliyot shifokori - pedagog, shifokor umumiy pediatr - pedagog, «davolash ishi» (umumiy amaliyot shifokori), «pediatriya ishi» mutaxassisliklari bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotiga, jinsi va yoshidan kat’i nazar o‘ziga biriktirilgan aholiga keng ko‘lamdagi shifokorlik birinchi tibbiy yordami ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish xuquqiga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisdir.