vrach laborant

Doimiy Ish
📍 Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani 💰 3 363 141 so'm 👁️ 3 ko'rish 📅 18.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qumqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: ҚОП 33 Vazifalar: Bemorlarning biologik materiallarini (qon, siydik, najas va boshqa namunalar) laboratoriya tekshiruvlariga qabul qilish, ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va tekshiruvga tayyorlanishini nazorat qilish. Klinik-laboratoriya tekshiruvlarini amaldagi tibbiy standartlar, sanitariya qoidalari va laboratoriya usullariga muvofiq tashkil etish hamda bajarish. Laboratoriya tekshiruvlari natijalarining aniqligi, ishonchliligi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash. Laboratoriya tahlillari natijalarini tahlil qilish, baholash va belgilangan tartibda rasmiylashtirish. Tekshiruv natijalarida me’yordan chetlanishlar aniqlanganda, belgilangan tartibda davolovchi shifokorga ma’lumot berish. Laboratoriya tekshiruvlari bo‘yicha tibbiy hujjatlarni yuritish, natijalarni tegishli jurnallar va elektron tizimlarga kiritish. Laboratoriya uskunalari, tibbiy asboblar va o‘lchov vositalarining sozligi, to‘g‘ri ishlatilishi hamda texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qilish. Laboratoriyada ichki sifat nazoratini amalga oshirish, zarur hollarda tashqi sifat nazorati tadbirlarida ishtirok etish. Reaktivlar, laboratoriya materiallari va sarflov vositalaridan oqilona foydalanish, ularning saqlanishi va yaroqlilik muddatini nazorat qilish. Biologik materiallar bilan ishlashda biologik xavfsizlik, sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya etish. Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, saralash, saqlash va utilizatsiya qilish talablariga amal qilish. Bemorlarning shaxsiy ma’lumotlari va laboratoriya tekshiruvlari natijalari maxfiyligini ta’minlash. Laboratoriya faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda taqdim etish. O‘z malakasini muntazam oshirib borish, yangi laboratoriya tekshiruv usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘rganish. Mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, sog‘liqni saqlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, muassasaning ichki hujjatlari hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. • Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. • Ish vaqti: 08:00 dan 16:00 gacha Manzil / aloqa: Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani Yangishaxar maxallasi Ibn Sino qo`chasi 2-uy 916088886

✅ Talablar

Ma’lumoti: Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Mutaxassisligi: Klinik laboratoriya diagnostikasi yoki tegishli laboratoriya tibbiyoti yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli mutaxassislikka ega bo‘lishi. Kasbiy tayyorgarligi: Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli mutaxassislik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda zarur hollarda tegishli malaka hujjatlariga ega bo‘lishi. Kasbiy bilimlari: Klinik-laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish usullari, biologik materiallarni olish, qabul qilish va tekshiruvga tayyorlash tartibini bilishi. Laboratoriya tekshiruvlari natijalarini baholash, laboratoriya uskunalari va tibbiy asboblardan foydalanish qoidalarini bilishi. Laboratoriya faoliyatiga oid sanitariya qoidalari, biologik xavfsizlik, infeksion nazorat hamda tibbiy chiqindilar bilan ishlash talablarini bilishi. Laboratoriya tekshiruvlari natijalarini rasmiylashtirish, tibbiy hujjatlarni yuritish va tegishli elektron axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilishi, bemorlarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlay olishi. O‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi hamda amaldagi tibbiy standartlar asosida ishlashi.

📎 Manba