Diagnostika bo'limi kichik tibbiy xodimi

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 19.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yangiyo'l shahar markaziy shifoxonasi Bo'lim: markaziy shifoxona Vazifalar: malaka talabiga rioya qilish kereg Ish sharoitlari: soat 08.00 dan 16.00 gacha

✅ Talablar

Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot. Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablar asosida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi. Sanitariya-gigiyena qoidalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi. Bilishi kerak: Tibbiyot muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalarini. Sanitariya-epidemiologiya talablarini. Dezinfeksiya va sterilizatsiya asoslarini. Tibbiy chiqindilarni yig‘ish va saralash tartibini. Shaxsiy gigiyena va mehnat muhofazasi qoidalarini. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini. 2. Lavozim vazifalari Diagnostika xonalarining tozaligi va sanitariya holatini saqlash. Tibbiy jihozlar va mebellarni belgilangan tartibda tozalash hamda dezinfeksiya qilish. Bemorlarni tekshiruvga tayyorlashda tibbiy xodimlarga yordam berish. Bemorlarni diagnostika xonalariga kuzatib borish. Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va topshirish. Dezinfeksiya vositalaridan xavfsiz foydalanish. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish. 3. Zarur kasbiy ko‘nikmalar Dezinfeksiya eritmalarini tayyorlash va ulardan foydalanish. Tozalash va dezinfeksiya ishlarini sanitariya qoidalariga muvofiq bajarish. Bemorlar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish. Tibbiy asbob-uskunalarni ehtiyotkorlik bilan saqlash. Infeksion xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. 4. Shaxsiy fazilatlari Mas’uliyatlilik va intizomlilik. Ozodalik va tartiblilik. Xushmuomalalik. Jamoada ishlash qobiliyati. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

📎 Manba