Operatsion xona sanitarkasi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 1 598 916 so'm 👁️ 12 ko'rish 📅 20.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Жаррохлик булими Vazifalar: Operatsiyadan oldin xonani tayyorlash: operatsion xonani belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq tozalash va dezinfeksiya qilish. Joriy tozalash: operatsiyalar davomida zaruratga ko‘ra ifloslangan yuzalarni belgilangan tartibda tozalash va dezinfeksiya qilish. Yakuniy tozalash: operatsiya tugagandan so‘ng xona, pol va tegishli jihozlarning tashqi yuzalarini belgilangan tartibda tozalash. Dezinfeksiya ishlarini bajarish: dezinfeksiya vositalarini yo‘riqnomaga muvofiq tayyorlash va belgilangan konsentratsiya hamda ta’sir qilish vaqtiga rioya etish. Tozalash anjomlarini saqlash: toza va ishlatilgan anjomlarni alohida saqlash, ularni belgilangan tartibda yuvish va dezinfeksiya qilish. Tibbiy chiqindilar bilan ishlash: chiqindilarni belgilangan toifalar bo‘yicha ajratish, maxsus idishlarga yig‘ish va xavfsiz topshirishni ta’minlash. Ishlatilgan materiallarni yig‘ish: ifloslangan choyshablar va boshqa matolarni belgilangan tartibda yig‘ish hamda tegishli joyga topshirish. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish: maxsus kiyim, qo‘lqop, niqob va boshqa zarur himoya vositalarini belgilangan tartibda ishlatish Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy. +998712248933

✅ Talablar

O‘rta tibbiy ma’lumot ega bo'lish

📎 Manba